Kuni kecha Dubay shahrida «Global Peace Dubai Summit 2022» xalqaro sammiti boʻlib oʻtdi.Taʼkidlanishicha, bu yilgi tadbirda Oʻzbekiston vakili sifatida Xalqaro islom akademiyasi Islom fanlari va moliyasi kafedrasi oʻqituvchisi Nilufar Botirova ishtirok etdi.
«Global Peace Dubai Summit 2022» butun dunyo yoshlari uchun moʻljallangan dastur hisoblanadi. Sammit ishtirokchilar uchun muloqot qilish, dunyoqarashini kengaytirish, shuningdek, fikr almashish uchun platforma bo‘lib xizmat qiladi. Konferensiya doirasida yosh ekspertlar ishtirokida davra suhbatlari tashkil etilib, unda barqaror rivojlanishning 17 ta maqsadi va shu bilan bog‘liq keng ko‘lamli masalalar muhokama qilindi. Delegatlar yalpi majlislar, soatlik taqdimotlar va ijtimoiy innovatsiyalar bo‘yicha taqdimotlarda qatnashdilar.
Shuningdek, sammitda madaniyatlararo almashinuv, xalqaro hamkorlik, oʻzini tadqiq etish, liderlikni rivojlantirish va butun dunyo yoshlari salohiyatini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.