Xalqaro frantsuz tili o’qituvchilari kuni

Bayram munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi. Ishtirokchilar dolzarb masalalarni muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldilar.

Bugun ertalab, Xalqaro fransuz tili o‘qituvchilari kuni munosabati bilan, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi va O‘zbekiston milliy universiteti birgalikda ta’lim jarayonlarining pandemiyaga moslashuvi mavzusida davra suhbati tashkil etishdi. 

Ushbu tadbir davomida Toshkent shahridagi oliy taʼlim muassasalari va ixtisoslashtirilgan maktablarning fransuz tili oʻqituvchilari pandemiyaning kasbiy amaliyotga taʼsiri va taʼlim mazmuni evolyutsiyasi borasida o‘zaro fikr almashishdi.