Xalq ta’limi vazirligi 20 mlrd so’mlik o’quv qurollariga buyurtma bermoqda

Xalq ta’limi vazirligining “O’quv ta’lim-talimot” davlat unitar korxonasi Respublka maktablarining 1-sinfi uchun texnologiya mashq daftarini tayyorlash uchun dxarid.uz portalida tender e’lon qildi. Tenderning umumiy bahosi saytda 2 mlrd deb ko’rsatilgan, ammo Iqtisodiy taraqqiyot hamda kambag’allikni qisqartirish vazrligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraklarinni kompleks ekspertiza qilish markaz” davlat unitary korxonasining tender xususida bergan xulosasida tenderning boshlang’ich narx 20 mlrd so’m deya ko’rsatilgan.

Davlat xaridlari portalida jami 626 ming 555 ta o’zbek va qardosh tillarda chop etilayotgan daftar uchun jami 1 mlrd 747 million 23 ming 306 so’m, rus tilida chop etiladigan 87 ming 116 ta daftar uchun 244 mln.da ziyod, qoraqalpoq tilidagi 14 58 ta daftar uchun esa 46 milliondan ziyod pul sarflanishi keltirib o’tlgan.