«Weinstein JAIMS» xalqaro stipendiyasi

AQSHda tadqiqot dasturi ishga tushdi. Dedlayn – 2021-yil 19-noyabr.

Weinstein JAIMS International Fellowship Program – stipendiyali tadqiqot dasturi boʻlib, AQSH fuqarosi boʻlmagan nomzodlarga individual tadqiqot oʻtkazish imkonini beradi. 

U ishtirokchilarga oʻz yurtlaridagi kelishmovchiliklarni hal qilishda yordam berish maqsadida nizolar va kelishmovchiliklarga yechim topish jarayoni va amaliyotini oʻrganishga qaratilgan. Dastur innovatsiyalar tarafdori boʻlib, ishtirokchilar oʻz yurtlari hududidagi nizolarga alternativ yechimlardan foydalanishga taʼsir koʻrsata oladigan turli loyiha va tadbirlarga ijodiy yondashishlari mumkin. 

Stipendiya davomiyligi 1 oydan 4 oygacha davom etishi mumkin. Biroq ishtirokchilar davomiyligi 4 oydan uzoq loyihalarni ham taklif etishlari mumkin, stipendiya orqali moliyalashtirish loyiha realizatsiyasi uchun zarur vaqt bilan chegaralanadi. 

Dastur quyidagilarni taklif etadi:

• nomzodlarga viza olishda yordam;

• nizo va kelishmovchiliklarga yechim topish boʻyicha taʼlim olish;

• universitet dasturlarida qatnashish, shuningdek, ishtirokchilar qiziqishlari va maqsadlarini targʻib qilishda yordam beruvchi turli tashkilot va muassasalar bilan hamkorlik qilish; 

• loyiha realizatsiyasi uchun 20 ming dollar; 

• har yili sentyabr oyida San-Fransiskoda oʻtkaziladigan stipendiatlar uchrashuvida qatnashish;

Talablar:

• nomzodlar AQSH fuqarosi boʻlmasligi kerak;

• nomzodlar ingliz tilini mukammal bilishi lozim;

• stipendiya bir oydan 4 oygacha davom etishi lozim;

• stipendiyani moliyalashtirish stipendiyaning faqatgina AQSHda faoliyatini taʼminlash uchun ishlatilishi mumkin va mamlakat ichidagi boshqa loyihalar uchun foydalanish man etiladi. 

Dastur haqida batafsil maʼlumotni bu yerdan olish mumkin.