Xorijiy oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida sport bellashuvlari o’kazildi

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining filiallari o’rtasida harbiy-vatanparvarlik o‘yinlari tashkil etildi. Unda talabalaridan tuzilgan jami 9 ta jamoa o‘zaro bellashdilar.
Dastlab, Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti (“MISIS”)ning Olmaliq shahar filialida musabaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda harbiy orkestr ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar hamda faxriy qorovulning ko‘rgazmali chiqishlar barchaga birdek manzur bo‘ldi. Ayniqsa, harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi elementlarini bajargani talaba yoshlarning kayfiyatiga yanada ko‘tarinkilik bahsh etdi.Mudofaa vazirligiga qarashli Olmaliq shahridagi dala o‘quv maydonida vatanparvar, jismonan chiniqqan va epchil bir guruh faol talaba yoshlar 5 ta — turnikda tortinish, ruhiy barqarorlik yo‘lagidan o‘tish, qurolni to‘liq va noto‘liq qismlarga ajratish, o‘q otish va pichoq uloqtirish shartlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.Harbiy qism ofitserlaridan iborat hakamlar hay’ati jamoalarni adolatli va shaffof baholab borish bilan bir qatorda ishtirokchilar bilan o‘z bilim va ko‘nikmalarini o‘rtoqlashdi.
Murosasiz va shiddatli kechgan bellashuvlar yakunida eng kuchlilar aniqlanib, qimmatbaho va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.