Universitetlar yangi o‘quv yiliga tayyorgarlikni boshlab yubordi

Ko‘pgina oliy o‘quv yurtlarida 2021-2022 o‘quv yili yakunlanib, yangi o‘quv yiliga hozirdanoq tayyorgarlik boshlangan.

Xususan, kuni kecha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzruxonov Toshkent shahridagi yetakchi oliy o‘quv yurtlarida bo‘lib, amalga oshirilayotgan qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.