Universitet talabasi 10 million so’mlik vaucherni qo’lga kiritdi

26-iyun kuni toshkentda talaba-yoshlarning muhandislik-texnologiyalari sohasiga doir g‘oya va tashabbuslarini namoyon etishga qaratilgan “Texnofest” tanlovining respublika bosqichi bo’lib o’tdi.

Mazkur tanlovda Andijon davlat universiteti Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti talabasi Axliddin Shermatov o’zining “ttj_ijara_bot” loyihasi bilan ishtirok etib, tanlov g’olibi bo’ldi.

Tanlov sovrindori Axliddin Shermatovga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o’n million so’mlik vaucher tantanali topshrildi.