TURKUNIBning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

Turkiy davlatlari tashkilotining Turk dunyosi universitetlari ittifoqi (TURKUNIB) ning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

«Ipak yo‘li» turizm xalqaro va madaniy meros universiteti mezbonlik qilgan anjuman Turk dunyosi OTMlar ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlik va do‘stlikni mustahkamlash, ta’limni rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish maqsadida o‘tkazildi.

TURKUNIB ning maxsus sessiyasida akademik hamkorlikni rivojlantirish, turk dunyosi universitetlari o‘rtasidagi munosabatlarni kengaytirish, talabalar uchun almashinuv va amaliyot dasturlarini yaratish, stipendiyalar ajratish,  ittifoqqa a’zo barcha mamlakat universitetlarida yuqori sifatli ta’lim standartlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.