«Turkiy tilli yoshlar» xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi

11-15-iyul kunlari Qo‘qon shahrida yoshlar festivali bo’lib o’tadi. Festival doirasida kitobxonlik kuni, milliy va etnosport turlari boʻyicha sport musobaqalari, madaniy-koʻngilochar tadbirlar, yoshlar bilan taniqli teatr va kino ijodkorlarining ijodiy muloqotlari ham tashkil etiladi.

Asosiy tadbirlar Qoʻqon universiteti hududida boʻlib oʻtishi rejalashtirilayotgan xalqaro festivalga Respublikamizning barcha hududlaridan, shuningdek, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston va Turkiyadan jami 200 nafardan ziyod faol yoshlar va talabalar taklif etilgan.