TDIU qoshida «Turizm laboratoriyasi» ish boshladi

28-mart kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, laboratoriya xalqaro darajadagi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek, ularning O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga oid bilimlarini kengaytirish maqsadida tashkil etilgan.

Shuni qo‘shimcha qilish kerakki, «Turizm laboratoriyasi» loyihasi talabalarga yangi bilimlarni egallash bilan birga kasbiy mahoratni oshirish imkonini taqdim etadi.