Jizzaxda fuqaroga o‘qishini Toshkentdagi OTMga ko‘chirishni va’da qilib, undan 2 500 dollar olgan shaxs qo‘lga olindi.
Bosh prokuratura hamda Jizzax viloyati DXX boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tezkor tadbir davomida Jizzax davlat pedagogika instituti bo‘lim boshlig‘i B.I. fuqaro V.ning Toshkent shahridagi “Y.T.” universitetining “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishidagi o‘qishini tanishlari yordamida institutning ushbu yo‘nalishdagi fakultetiga ko‘chirib berish evaziga 2 500 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.