Toshkentda Food Fest gastronomik festivali boʻlib oʻtadi

29 iyuldan 7 avgustgacha A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxona va Hyatt Regency mehmonxonasi yonidagi maydonda gastronomik bayram – Tashkent Food Fest taomlar festivali bo‘lib o‘tadi.

Festivalda uzoq vaqtdan beri Toshkent shahri aholisi va mehmonlari tomonidan sevilib kelinayotgan milliy va Yevropa taomlarining 60 dan ortiq gastronomik brendlari, steykxauslar va kofe do‘konlari namoyish etiladi.

10 kun davomida tadbir mehmonlari o‘zbek estradasi yulduzlari chiqishlari, sovrinlar o‘yinlari, raqs shoulari va boy ko‘ngilochar dastur bilan katta bayramdan bahramand bo‘lishadi.

Kirish bepul.