Prezidentning tegishli qarori bilan kelgusi o’quv yilidan boshlab:
–Abu Ali ibn Sino nomidagi Chilonzor jamoat salomatligi texnikumi negizida hamshiralar akademiyasi;
–Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot kollejlari negizida jamoat salomatligi texnikumlari o’z ishlari boshlanadi.
Bundan tashqari, tibbiyot universitetlarida «yuqori malakali hamshira»mutaxassisligi bo’yicha yo’nalish ochiladi. Bakalavrda o’qish muddati 4 yilni tashkil etadi.
Birlamchi tibbiy yordam mutaxassislari bemorlarda tez-tez uchraydigan kasalliklarni davolash bo’yicha kurslarni o’tashlari kerak.
Shuningdek, shifokorlarning malakasini oshirish uchun uzluksiz kasb-hunar ta’limi portali ishga tushiriladi.