Toshkent shahridagi Inha universitetida har yili oʻtkaziladigan ta’lim sifati monitoringi o‘tkaziladi

2022-yilning 15-aprel kuni Inha universiteti (Koreya) tadqiqot va tashqi aloqalar bo‘yicha vitse-prezidenti janob Hyeuk Von boshchiligidagi malakali Koreya delegatsiyasi Toshkent shahridagi Inha universitetiga keldi.

Delegatsiya 15–18-aprel kunlari Toshkentda bo‘lib, Toshkent shahridagi Inha universitetida ta’lim ekvivalentligini baholash ishlarini o‘tkazadi.

Koreya delegatsiyasi axborot sessiyasi, talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuv tashkil etadi, shuningdek, Universitetning bugungi holati va ta’lim sifatini oshirish istiqbollarini muhokama qiladi hamda akademik boshqaruv tizimi va IT-quvvatlashni monitoring qiladi.