Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari uchun qishki ta’til maddati uzaytirildi

Unga ko’ra kunduzgi ta’lim talabalari:
1-2-3-bosqich bakalavrlar uchun qishki ta’til — 2022-yilning 26-dekabridan 2023-yilning 21-yanvariga qadar davom etadi. O’qishning birinchi kuni 23-yanvar(dushanba)dan boshlanadi;

4-bosqichning faqatgina OOSMJ (oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari) , TJICHAB(texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish) , EAMM(ekologiya va atrof-muhit muhofazasi) , MMTX(mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi ) ta’lim yo’nalishlarining bakalavrlari uchun qishki ta’til — 2022-yilning 26-dekabridan 2023-yilning 21-yanvariga qadar davom etadi. O’qishning birinchi kuni 23-yanvar(dushanba)dan boshlanadi;

4-bosqichning qolgan ta’lim yo’nalishlarining bakalavrlari uchun qishki ta’til 2022-yilning 26-dekabridan 2023-yilning 7-yanvariga qadar davom etadi. O’qishning birinchi kuni 9-yanvar(dushanba)dan boshlanadi;

1-bosqich magistrlar uchun qishki ta’til — 2022-yilning 26-dekabridan 2023-yilning 21-yanvariga qadar davom etadi. O’qishning birinchi kuni 23-yanvar(dushanba)dan boshlanadi;

2-bosqich magistrlar uchun qishki ta’til 2022-yilning 26-dekabridan 2023-yilning 28-yanvariga qadar davom etadi. O’qishning birinchi kuni 30-yanvar(dushanba)dan boshlanadi.