Toshkent davlat texnika universiteti labaratoriya uchun 2,5 mlrd sarflamoqda

TDTUning “Gidroenergetika va gidravlika” kafedrasi jami 2,5 milliard so’mni 12 dona labaratoriya jihozini olish uchun sarflamoqda. Davlat xaridlari portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra oliygoh buyurtma bergan jihozning eng arzoi 108 million, eng qimmati esa 503 million so’mni tashkil etmoqda.

Iqtisodiy taraqqiyot hamda kambag’allikni qisqartirish vazrligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraklarinni kompleks ekspertiza qilish markaz” davlat unitar korxonasining tender xususida bergan xulosasida tenderning boshlang’ich narxi 3 mlrd so’m deya ko’rsatilgan. Portalda esa boshlang’ich narx 2 mlrd 500 millio deya ko’rsatilmoqda.