Toshkent BDKI talabalari filmlari xalqaro kinofestival dasturiga tanlab olindi

Timur Murodovning «Kasseta» (O. Agishev ustaxonasi) va Sherzod Nazarovning «Soldat tirik» (Y. Razikov ustaxonasi) filmlari MDH, Baltiya va Gruziya mamlakatlarining XI xalqaro qisqa metrajli filmlar kinofestivali dasturiga tanlangan.

Shuningdek, unda Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belorusiya, Gruziya va Qozog’iston kinoijodkorlari ishtirok etadi.

MDH, Boltiqbo’yi va Gruziya mamlakatlarining taniqli kinematograflari filmlarni baholaydilar.

Bu yilgi kinofestival Chingiz Aytmatovning 95 yilligiga bag’ishlangan. U 18-22 iyul kunlari Bishkekda bo’lib o’tadi.