TDIUda marafon oʻtkaziladi

4-aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 5 000 qadamlik piyodalar marafoni o‘tkaziladi. Tadbirga talabalar bilan birga universitet o‘qituvchilari va boshqa xodimlar taklif etilgan.

Eslatib o‘tamiz, marafonning boshlang‘ich nuqtasi 1-sonli TATU talabalar turar joyi bo‘lib, tadbir boshlanishi soat 10:00ga belgilangan.