TDIU talabasi xalqaro olimpiada g‘olibi bo‘ldi

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tkazilgan “XIII Yevroosiyo iqtisodchi yoshlar xalqaro forumi” doirasida “Rossiya, yaqin va uzoq xorij mamlakatlarida tadbirkorlik faoliyatini hisobga oid tahliliy qo‘llab-quvvatlash” xalqaro ilmiy loyihalar tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Yevropa hamda Osiyo mamlakatlaridan 30 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

Mazkur tanlovda yurtimizdan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi Feruz Hakimov ham ishtirok etib, umumiy natijalarga ko‘ra talabamiz xalqaro maydonda faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.