Tavsiya xatlarini berish uchun arizalarni qabul qilish boshlandi

Qo’shimcha davlat granti asosida oliy o’quv yurtlariga qabul qilish ko’rsatkichlari doirasida kam ta’minlangan oilalardan 2000 nafar ayol-qizlarga beriladigan imtiyozlar uchun arizalar qabul qilinishni boshladi.

Qizlarning arizalari 8-iyungacha elektron shaklda http://www.xotin-qizlar.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

10 iyunga qadar arizalar tuman (shahar) ishchi guruhlari tomonidan belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi va tavsiyalar berish yoki tavsiyalar berilmasligi to’g’risida qaror qabul qilinadi.

Tavsiyalar 14-iyungacha elektron shaklda shakllantiriladi. Tavsiyalar ularning egalariga 15 iyungacha yetkaziladi.