Talabalarimiz xalqaro falsafa olimpiadasida qatnashadilar

Falsafa bo’yicha birinchi xalqaro talabalar olimpiadasi nafaqat Rossiyada, balki jahon ilm va ta’lim hamjamiyatida ilmiy, ijtimoiy va gumanitar sohadagi muhim voqeadir, deb hisoblaydi IKBFU rektori Aleksandr Fedorov. Ushbu olimpiada kuzda Kaliningradda bo’lib o’tadi.

G‘oliblar o‘z tanlov ishlarini “Kant kolleksiyasi” jurnalida (Scopus indeksida) nashr etishlari mumkin bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda, BFU va Moskva davlat universitetida kadrlar tayyorlashning falsafiy yo‘nalishi bo‘yicha magistratura va aspiranturaga o‘qishga kirishda imtiyozga ega bo‘ladi.

Olimpiada ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqich (saralash bosqichi) masofadan turib o‘tkaziladi. 6 sentyabr kuni Moskva vaqti bilan soat 12.00 dan 15.00 gacha ishtirokchilar Olimpiada veb-saytidagi shaxsiy kabinetiga insho yozishlari kerak.

Birinchi bosqichning barcha g‘oliblari 22-23 noyabr kunlari Kaliningradda bo‘lib o‘tadigan final bosqichida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. Olimpiadada qatnashish bepul. Final bosqichi ishtirokchilari uchunaviachipta, turar joy va ovqatlanish xarajatlari olimpiada tashkilotchilari tomonidan to‘liq qoplanadi. Ikkinchi bosqichning barcha ishtirokchilariga qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshiriladi.

Bosqich ikki yo‘nalishda o‘tkaziladi: muallif asari taqdimoti, falsafani ommalashtirish loyihasi himoyasi.

Ishtirok etishni xohlovchilar o’z arizalarini https://ipos.kantiana.ru/ru/ saytida qoldirishlari mumkin.