Talabalar uchun qishki taʼtil 24-yanvargacha uzaytirildi

OTM va akademik litsey talabalariga 3 haftalik qoʻshimcha taʼtil berildi.

Oliy taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabariga koʻra, oliy va kasb-hunar taʼlim muassasalari, shuningdek, akademik litsey talabalarining qishki taʼtillari 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirildi.

«Oʻz navbatida qishki ta’tilda oliy va kasb-hunar ta’limi muassasalari, akademik litsey talabalari oʻz vaqtlarini foydali o‘tkazishlari uchun rektorlar bilan birgalikda fanlar bo‘yicha onlayn olimpiadalar, intellektual viktorinalar tashkil etadi.  Barcha yoshlarimizni ushbu tadbirlarda ishtirok etishga va o‘z salohiyatini namoyon etishga taklif qilamiz» — deyiladi xabarda.

Shuningdek, talabalarning ta’lim muassasalaridan oʻz uyiga qaytishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia va temir yo‘l chiptalariga 50% chegirma muddati 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirildi.  11-yanvargacha sotib olingan chiptalar belgilangan muddatda bepul almashtiriladi.