Talabalar uchun Germaniyada stajirovka

Max Planck Institute for Software Systems universitetida stajirovka dasturi uchun qabul boshlandi. Dedlayn – 2021-yil 31-dekabr. 

Max Planck Institute for Software Systems universiteti iqtidorli bakalavr, magistratura va aspirantura talabalari, shuningdek, taʼlim olishni davom ettirish istagida boʻlgan sanoat xodimlariga stajirovka dasturini taklif etadi.

Stajirovka tadqiqot dasturi sifatida olib boriladi va 12–14 hafta davom etadi. Stajorlar universitet aspirantlari va oʻqituvchilari bilan tadqiqotlar oʻtkazish orqali turli masalalarga yechim izlashadi.  

Dastur quyidagilarni taklif etadi:

Universitet stajorlarning transport, yashash xarajatlarini qoplaydi va oylik stipendiya taqdim etadi. 

Talablar:

• Bakalavr, magistratura, aspirantura bosqichlari boʻyicha dunyoning akkreditatsiyadan oʻtgan universitetlaridan birida taʼlim olish.

• Nomzodlar dasturiy tizimlar sohasida yoki Max Planck Institute for Software Systems universiteti tomonidan oʻtkaziladigan tadqiqotlariga qiziqish bildirishi lozim.

• Dasturiy tizimlarni yaxshi bilish. Bakalavr talabalari kamida 3 yil oʻquv yilini tamomlagan boʻlishi kerak. Talabalar dasturiy tizimlarga oid fanlarni oʻrgangan boʻlishi yoki bu sohada tadqiqot olib borish tajribasiga ega boʻlishi kerak.

• Aʼlo oʻzlashtirishga ega boʻlishi lozim 

Universitet yil davomida talabalarni stajorlik dasturiga qabul qiladi, lekin aksariyat talabalar buni yozda amalga oshirishni istashadim. Arizani stajirovkani boshlashni istagan sanadan 4 oy oldin boshlash tavsiya etiladi. 

Dastur haqida batafsil maʼlumotni bu yerdan olish mumkin.