Taʼlim krediti olish vaqtincha to‘xtatilibdi

Bunga sabab esa banklarga resurs ajratilmayotgani ekan. Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab barcha talabalar taʼlim krediti olishda muammolarga duch kelishmoqda.

Maʼlumot uchun: 2021-yil 30-iyuldagi PQ-5203-sonli Prezident qaroriga ko‘ra, taʼlim kreditlari bo‘yicha tijorat banklarini moliyaviy resurslar bilan taʼminlash uchun sobiq Moliya, hozirgi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tashkil etilgan.