Startap loyihalarni ishlab chiqish boʻyicha IT Park mutaxassislari trening oʻtkazishdi

19-aprel kuni Qarshi davlat universitetida “Startap loyihalarni ishlab chiqish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarga trener sifatida IT Park Qashqadaryo filialining startap ekotizimlarini rivojlantirish bo‘yicha menejeri Bunyod Qutbiddinov hamda loyiha rahbari Islom Karimov taklif etildi.

Startap loyihalariga qiziquvchi talabalar ishtirokidagi ushbu seminar startapni qanday rivojlantirish, Communication Lab Tech texnologiyalari va IT Park rezidentlari uchun qanday imtiyozlar mavjudligi haqida maʼlumot berdi.

Shuningdek, treningda mamlakatimizda rivojlanib borayotgan IT sohasining o‘rni, startap-biznesni yo‘lga qo‘yish va IT-park rezidenti bo‘lish, kiberxavfsizlik bo‘yicha ma’lumotlar ham berildi. IT Park Qashqadaryo filiali startap ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha menejer ishtirokchilarning savollariga javoblar berib oʻtdi.