Shveysariya va Niderlandiyada taʼlim olish uchun stipendiya

Jeneva akademiyasidan stipendiya

Jenevada chet ellik talabalar uchun stipendiya eʼlon qilindi. Dedlayn – 2022-yil 29-yanvar.

Geneva Academy chet ellik magistratura talabalari uchun 2 ta toʻliq va 3 ta qisman stipendiya taklif etadi. Stipendiya quyidagi dasturlar uchun beriladi:

• Xalqaro gumanitar huquq va inson huquqlari magistri (LLM)

• O‘tish davri adliyasi, inson huquqlari va qonun ustuvorligi bo‘yicha ilg‘or tadqiqotlar magistri (MTJ)

Dastur quyidagilarni taklif etadi:

Toʻliq stipendiya Jenevada 10 oy yashash davomida yashash va oʻqish xarajatlarini 100% qoplaydi. Qisman stipendiya faqat taʼlim olish xarajatlarini toʻlaydi. Taʼlim ingliz tilida olib boriladi.

Talablar:

LLM dasturi yuridik fanlardan biri boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlgan, xalqaro huquq va inson huquqlari (stajirovkalar, yozgi maktablar, konferensiyalar)ga qiziquvchi, xalqaro huquq boʻyicha bilimga ega va ingliz tilda soʻzlasha oladigan nomzodlar uchun moʻljallangan. Bundan tashqari, fransuz tili boʻyicha boshlangʻich bilimga ega boʻlish kerak.

MTJ dasturi yuridik fanlardan biri yoki xalqaro munosabatlar, siyosatshunoslik, sotsiologiya, antropologiya, tarix kabi fanlardan biri bo‘yicha ilmiy darajaga ega bo‘lgan nomzodlar uchun mo‘ljallangan.  Nomzodlar yuridik fanlarga qiziqish bildirishi va ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Bundan tashqari, fransuz tili boʻyicha boshlangʻich bilimga ega boʻlish kerak.

Stipendiya haqida batafsil maʼlumotni bu yerdan olish mumkin.

Utrext universiteti stipendiyasi

Niderlandiyada chet ellik talabalar uchun stipendiya eʼlon qilindi. Dedlayn – 2022-yil 31-yanvar.

Utrecht University xorijiy talabalar uchun Utrecht Excellence Scholarship dasturini taklif etadi. Universitetda ingliz tilida 97 ta magistratura dasturi, golland tilida 49 ta va ikkala tilda olib boriladigan 13 ta magistratura dasturi mavjud.

Dastur quyidagilarni taklif etadi:

Universitetda 2 turdagi stipendiyani joriy etilgan:

• taʼlim xarajatlarini toʻliq qoplovchi stipendiya.

• taʼlim xarajatlari qoplanadi, shuningdek, Niderlandiyada yashash xarajatlarini toʻlash uchun 11 000 yevro beriladigan stipendiya.

Har doim ham stipendiya barcha xarajatlarni qoplay olmaydi, baʼzida talabalar oʻqishlari va/yoki turar joylari uchun qoʻshimcha moliyalashtirish manbalarini izlashiga toʻgʻri keladi.

Joriy yilda nomzodlarga 20-25 ta stipendiya ajratilib, 6 ta fakultet oʻrtasida boʻlinadi. Stipendiya magistraturada taʼlim olish davomida (1 yoki 2 yil) toʻlanadi. Stipendiyani ikkinchi yilga uzaytirish uchun talaba oʻqish jarayonida yutuqlarga erishishi lozim.

Talablar:

• talabalar guruhidagi 10% eng faol talabalar orasida boʻlishi kerak;

• nomzodlar Yevropa Ittifoqi fuqarosi boʻlmasligi hamda Niderlandiya grant va talabalar uchun toʻlovlar tizimiga mos kelmasligi kerak;

• talabalar Niderlandiyadan tashqarida tugallangan oʻrta va yoki bakalavr darajasiga ega boʻlishi lozim;

• nomzodlar 1-sentyabrdan boshlanadigan xalqaro magistratura dasturlaridan birida oʻqish uchun ariza topshirishi kerak.

Stipendiya haqida batafsil maʼlumotni bu yerdan olish mumkin.