Jurnalistika universitetida she’riyat kechasi bo‘lib o‘tadi

Taniqli shoira Zulfiyaxonim tavallud kuni munosabati bilan oʻtkazilayotgan tadbir Xalqaro jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalar fakulteti tomonidan tashkil etiladi. She’riyat kechasida nafaqat talabalar, balki barcha xohlovchilar qatnashishi mumkin.

Zulfiyaxonim turli janrdagi asarlar: she’r, ballada, elegiya, lirik she’r, hikoya, ocherk, publitsistik maqola va gazeta maqolalari yaratgan shoira va yozuvchidir.

Shu bilan birga, she’riyat kechasida nafaqat Zulfiyxonimning she’rlari, balki zamonaviy she’riyatning boshqa asarlari ham namoyish etilishi ta’kidlangan.