Sankt-Peterburg konchilik universiteti hujjatlarni qabul qilishni boshladi

Bu yil Sankt-Peterburg konchilik universiteti birinchi marta o’zbekistonlik talabalarga bakalavriat va magistratura yo’nalishlari bo’yicha grant asosida ta’lim olish imkoniyatini taqdim etmoqda.

1 iyundan boshlab Rossiya universitetining Sankt-Peterburg konchilik universitetida neft-gaz va konchilik yo’nalishlari bo’yicha grant asosida o’qish uchun hujjatlarni qabul qilish bo’yicha birinchi hamkorlik dasturi ochildi.

Dastur O’zbekiston yoqilg’i-energetika kompleksi ilmiy-muhandislik jamiyati ko’magida amalga oshirilmoqda.

Tanlov natijalariga ko’ra nomzodlar onlayn tarzda o’tkaziladigan kirish imtihonlariga qabul qilinadi. Imtihonda eng ko’p ball to’plagan abituriyentlar Sankt-Peterburg konchilik universitetida bepul o’qishadi.