San’at va madaniyat instituti mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga o‘qishga qabul qilishda qonun buzilgani aniqlandi. 6 mingdan ortiq abituriyentning ijodiy imtihon natijasi videosi saqlanmagan, 77 ta abituriyentning amaliy ishi shifrlanmasdan baholangan, 327 mln so‘m asossiz sarflangan. Ijodiy imtihonlardan eng yuqori ball bilan o‘qishga qabul qilingan 132 nafar talabaning 27 foizi 1-semestr yakuni bo‘yicha qoniqarsiz baho olgan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.