SamDUning Kattaqo‘rg‘on filialida boshlang‘ich ta’lim, kimyo, biologiya yo‘nalishlari ochildi

Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali o‘tgan o‘quv yilida tashkil etilgan bo‘lib, unda biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari hamda pedagogika va tillarni o‘qitish fakultetlari mavjud.

Filialda 2022-2023 o‘quv yili uchun bakalavriat kunduzgi ta’lim shaklida sport faoliyati (kurash), ijtimoiy ish hamda bolalar bilan ishlash yo‘nalishlari yopilib, yangi boshlang‘ich ta’lim, kimyo, biologiya yo‘nalishlari ochildi.

Shuningdek, filialda yangi o‘quv yilidan sirtqi ta’lim shaklida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi ochildi, – deydi filial qabul komissiyasi mas’ul kotibi Anvar Sobirov.

Ayni paytda filialda 702 nafar talaba tahsil olmoqda.