«Rossotrudnichestvo» Rossiya Federatsiyasida bepul o’qishni istagan o’zbekistonliklar uchun kvotalarni oshiradi

Moskva aviatsiya institutida qabul komissiyasi ochildi. Chet ellik abituriyentlar 10 iyulga qadar grant asosida o’qish uchun o’z hujjatlarini topshirishlari mumkin, deya xabar beradi Toshkentdagi Rossiya uyi.

Bu yil universitetda 3,6 ming byudjet o’rni ajratildi. Mutaxassislar 41 ta yo’nalish, 9 ta mutaxassislik va 100 dan ortiq ta’lim dasturlari bo’yicha o’qitiladi.