Repetitorlik narxlari oyiga oʻrtacha 0,7 foizga oshdi

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, repetitorlik xizmatlari narxlari 2022-yil may oyida aprel oyiga nisbatan oʻrtacha 0,7 foizga ko’tarildi.

Yil boshidan buyon repetitorlik xizmatlari narxi o‘rtacha 2,3 foizga oshdi.

Repetitorlik xizmatlari narxi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘rtacha 9,6 foizga ko’tarildi.