Qoraqalpog‘iston universitetlari nazoratdan o‘tkazilmoqda

24-29-mart kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan oliy ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganish bo’yicha nazorat ishlari o‘tkaziladi.

Qoraqalpoq davlat universitetiga tashrifning birinchi kunida Talabalar turar joyini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh a’zolarining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorlar bilan davra suhbati oʻtkazildi hamda joriy yildagi yotoqxonalardagi vaziyat oʻrganildi.

Tashrif davomida universitet talabalari bilan ham suhbat o‘tkazildi va barcha sharoitlar o‘rganildi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Qoraqalpog‘istonda o‘quvchilarni mehnatga jalb etish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha yuzdan ortiq to‘garaklar faoliyat ko‘rsatmoqda.