Qo‘llaridan ayrilgan talaba yigitga mashina berildi 

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining 3-bosqich talabasi bo‘lgan mazkur yigit ikki nafar farzandning otasi. U 27 yil avval sodir bo‘lgan baxtsiz xodisa tufayli ikki qo‘lidan ayrilgan. 10 yildan buyon haydovchilik qilib kelgan. 

Farg‘ona halqasi avtomobil yo‘lida o‘zining “Moskvich”ida harakatlanib ketayotgan vaqtida o‘rganish ishlari olib borayotgan respublika ishchi guruhi vakillari uni to‘xtatgan. Ishchi guruh u bilan suhbatdan so‘ng yangi Labo’ni kredit asosida rasmiylashtirib, kreditning boshlang‘ich qismini homiylik yordamida to‘lab berdi. Qolgan qismini ham to‘lashda amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida YHXX qaramog‘iga olib, ishga joylashtirildi. Shu orqali yigit doimiy ish bilan ta’minlandi.