Qashqadaryolik talabalar uchun hokim stipendiyasi joriy etildi 

Hokim stipendiyasi aynan Qashqadaryo viloyatining o‘zida joylashgan davlat OTMlarining talabalariga beriladi. Stipendiya miqdori 990 ming so‘mni tashkil etadi. Sentyabrdan to iyun oyigacha 1 o‘quv yilida to‘lab beriladi. 

Stipendiya uchun tanlov o‘tkazilib, unda talabgorning faolligi, erishgan yutuqlari kabilar baholanadi, suhbat o‘tkaziladi. Jami 14 nafar talaba stipendiya oladi. 

Stipendiantlar hokim tavsiyasi bilan ishga joylashtirilishi ham mumkin.