Puchon universiteti yangi Axborot texnologiyalari fakulteti ochishni rejalashtirmoqda

26-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Janubiy Koreyaning Puchon universiteti rektori Xan Jong Sok bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Toshkent shahridagi Puchon universiteti faoliyatini yanada kengaytirish va rivojlantirish, shuningdek, mazkur universitetda yangi axborot texnologiyalari fakultetini ochish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda ta’lim sifatini ta’minlash, universitetning korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, IT-kadrlar tayyorlash uchun koreyalik mutaxassislarni jalb qilish, O‘zbekistonda IT-autsorsingni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.