Poytaxtda Yoshlar oyligi boʻlib oʻtadi

Tadbir 15-noyabrda boshlanadi va uning doirasida 6 yoʻnalish boʻyicha yirik loyihalar tashkil etiladi.

Tashkilotchilar – shahar hokimiyati – tashabbuskor va iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularning o‘z mahoratini ro‘yobga chiqarishiga ko‘maklashish, ilm-fan, madaniyat va san’at, sport, sportga qiziqishini oshirishni maqsad qilgan. Shu sababli, 9-noyabr kuni «Toshkent yoshlarni sevadi» shiori ostidagi yoshlar oyligiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Tadbir doirasida 6 ta yo‘nalish boʻyicha yirik loyihalar amalga oshiriladi. Xususan, «Yoshlar sport festivali», «Intellektual loyihalar festivali», «Yoshlar madaniyat va san’at festivali», «An’ana va zamonaviylik», «Tajriba va mahorat», «Toshkent harbiy-vatanparvarlik festivali» moda va dizayn ko‘rgazmalari.

15-noyabr kuni boshlanadigan oylik davomida poytaxtda bir qator keng ko‘lamli festivallar o‘tkazilishi kutilmoqda.