Policy Leader Fellowship talabalar almashinuvi dasturi

Italiyada talabalar almashinuvi dasturi uchun qabul boshlandi. Dedlayn – 2022-yil 25-yanvar.

Policy Leader Fellowship – bu dunyo boʻylab siyosiy karyerasini boshlagan yoki boshlash arafasida turgan amaliyotchilar uchun global dastur boʻlib, seminarlar, treninglar, malaka oshirish sessiyalari, konferensiya va boshqa tadbirlar yordamida ularning faoliyati va professional koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Dunyo boʻylab barcha chet ellik talabalar stajor boʻlishi mumkin. Dastur davomiyligi nomzodning xohishiga koʻra 5 – 10 oyni tashkil etadi.

Dastur quyidagilarni taklif etadi:

Toʻliq moliyalashtirish, xususan, oylik stipendiya, aviachiptalar, turar-joy, tibbiy sugʻurta, transport va yashash xarajatlari qoplanadi.

Talablar:

• nomzodlar maktab vakillari, soʻng keng auditoriya oldida oʻz loyihasi taqdimotini oʻtkazishi kerak; 

• kamida 1 ta maqola chiqargan boʻlishi lozim; 

• maktab taʼlim dasturiga oʻz hissasini qoʻshishi va EUIʼning seminar va treninglarida qatnashishi lozim.

Dastur haqida batafsil maʼlumotni bu yerdan olish mumkin.