«Perevod» qilib berishni va o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi 

Huquq organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda:

Fuqaro A.U. fuqaro J.R. ni tanishlari yordamida 8 ming dollar evaziga Chimkent davlat universitetida o‘qiyotgani haqida hujjat tayyorlab, o‘qishini Toshkent tibbiyot akademiyasiga ko‘chirtirib berish uchun oldindan 4 ming dollar olayotgan vaqtida ushlangan

Yana bir holat, fuqaro D.A fuqaro M.A. ni Andijon davlat universitetiga 2-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 ming dollar olgan vaqtida dalillar bilan ushlangan. 

Bu holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov boshlangan.