Taʼkidlanishicha, Toshkent davlat pedagogika universitetining Maxsus pedagogika va inklyuziv ta’lim fakulteti o‘qituvchilari 22-Mehribonlik uyiga tashrif buyurishgan.
Tashrif davomida fakultet Xotin-qizlar kengashi raisi S.Shoahmedova tomonidan tashkil etilgan «Mohir qo‘llar» to‘garagi faollari bolalarga daraxt shoxlaridan gul chiqarish texnologiyasini o‘rgatishdi. O‘z navbatida, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari professor-o‘qituvchilar jamoasiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi, shuningdek, Maxsus pedagogika fakulteti ularda qiziqish uygʻotdi.
Qayd etish kerakki, jonli muloqot koʻrinishidagi mahorat darslaridan so‘ng, Chilonzor tumani hokimligi tomonidan bolalar uchun xayriya dasturxoni va musiqa dasturi uyushtirildi.