O’zbekistonning qator OTM’lari Times Higher Education (the) reytingida e’tirof etildi

2023-yil 1-iyun kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – “Times Higher Education” agentligi tomonidan “THE Impact Rankings” reytingi eʼlon qilindi.

“THE Impact Rankings” reytingida Oʻzbekiston Respublikasining 47 ta oliy taʼlim muassasalari qayd etildi. Jumladan, mazkur roʻyxatda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti – 601–800-oʻrin, Farg‘ona davlat universiteti 601-800 o‘rin, Toshkent davlat agrar universiteti – 801–1000-oʻrin, Toshkent davlat yuridik universiteti – 801–1000-oʻrinni egalladi.

2021-yilda “Times Higher Education” agentligi tomonidan eʼlon qilingan “THE Impact Rankings” reytingida yurtimizning 10 ta, 2022-yilda esa 30 ta oliy taʼlim muassasalari oʻrin egallagan edi.