O‘zbekistonning 10 ta oliy o‘quv yurti Asia University Rankings – 2022 xalqaro reytingida “reporter” maqomiga ega boʻldi

Times Higher Education Asia University Rankings 2022 yilgi reyting natijalarini e’lon qildi.

Ushbu reyting dunyo bo‘yicha har yili Osiyo davlatlaridagi universitetlarni tadqiqot, ta’lim sifati, xalqaro xilma-xillik, iqtiboslik va sanoat daromadi (bilimlar almashish) bo‘yicha baholaydi. Ro‘yxatdan o‘rin egallagan 10 ta oliy ta’lim muassasasi The World University Rankings’ning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tan olinib, mazkur yo‘nalishda reyting agentligi ularga yaqindan yordam beradi.

“Reporter” maqomi universitetlarga THE World University Rankingga kirish imkonini beradi. Birinchi o‘rinni Gonkong universiteti qo‘lga kiritdi va O‘zbekistonning quyidagi universitetlari “Reporter” maqomini oldi:

O‘zbekiston Milliy universiteti;
Toshkent davlat yuridik universiteti;
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti;
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti;
Urganch davlat universiteti;
Toshkent moliya instituti;
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti” MTU;
Toshkent tibbiyot akademiyasi;
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
Toshkent farmatsevtika instituti.