O‘zbekistonliklar Meta (Facebook) loyihasini amalga oshirish uchun grant yutib olishdi

Qoraqalpog‘istonlik Beknazar Abdikamalov va Aziz Murtazoyev singapurlik hamkori Jastin Kim bilan birgalikda Ami ruhiy salomatlik startapini ishga tushirish uchun Meta (Facebook) grantini qo‘lga kiritdilar. Investitsiyalar hajmi 3 million dollarni tashkil etadi.

Loyiha ruhiy salomatlik xizmatini yanada qulayroq qilishga yordam beradigan onlayn maslahat seanslarini o’z ichiga oladi. Bu Osiyo mamlakatlaridagi biznes egalariga o’z xodimlarining ruhiy salomatligini yaxshilash uchun ushbu dasturni joriy qilish imkonini beradi.

Startaperlarning aytishicha, bunday platformani yaratish g‘oyasi pandemiyadan keyin paydo bo‘lgan, chunki Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 2022-yil mart oyidagi hisobotida pandemiyadan so‘ng butun dunyo bo‘ylab depressiya va tashvish darajasi 25 foizga oshgani taʼkidlangan.
“Biz Ami jamoasining ishtiyoqi va iste’dodidan hayratdamiz va ularni Osiyodagi odamlarning ruhiy salomatligini taʼminlashning yana bir usulini qo’llab-quvvatlashni intiqlik bilan kutamiz», – dedi Sunita Parasuraman, Meta investitsiya bo’limi rahbari.