O‘zbekistonlik talabalar I xalqaro statistika olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Joriy yilning, 16-19 may kunlari Moskva shahridagi G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetda I xalqaro talabalar statistika festivali va Statistika bo‘yicha talabalar xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi statistika qo‘mitasi tomonidan “MDH statistikasini rivojlantirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan ushbu tadbirlarda O‘zbekistondan ikkita talabalar jamoasi “Men – O‘zbekistonman!” video ketma ketligi hamda statistika viktorinasi chiqishlari bilan qatnashdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, har ikkala o‘zbek talabalar jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, ikki nominatsiyada goliblikni qo‘lga kiritdi.