O’zbekistonlik talaba «Küstendorf Film and Music Festival» kinofestivali g’olibi bo’ldi

Toshkentdagi S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti (VGIK) filiali talabasi Temur Murodov Amir Kusturitsa nomidagi Küstendorf Film va musiqa festivali xalqaro kinofestivali g’olibi bo’ldi.

«Kasseta» qisqa metrajli filmi Küstendorf Film and Music Festival kinofestivada g’olib bo’ldi oltita nominatsiyasidan birida eng yaxshi deb topildi.

Tanlovda jami 30 dan ortiq mamlakat rejissyorlarining 374 ta kartinasi ishtirok etdi. G’olibga Amir Kusturitsaning o’zi mukofot berdi. Shuningdek, u Murodovga kino maktabi doirasida hamkorlik qilishni taklif qildi.

Timur Murodov «Kasseta» qisqa metrajli filmini Toshkent xalqaro kinofestivalining «5 kun ichida kino» tanlovi doirasida yaratdi.