O’zbekistonda yana uchta Rossiya universitetlarining filiallari ochiladi

O’zbekistonda oliy o’quv yurtlarining soni yana uchtaga ko’payishi kutilmoqda, ular quyidagilar: Rossiya davlat gumanitar universiteti, Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti va Shimoliy Kavkaz federal universiteti. Shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari uchun Rossiyada o’qish uchun kvotalar kengaytiriladi.

Hozirgi vaqtda Rossiyada Markaziy Osiyo mamlakatlaridan 185 mingga yaqin talaba tahsil olmoqda.