O’zbekistonda talabalarning ish haqiga qo’shimcha ustama puli to’lanadi

Xalqaro reytingga kiruvchi oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan yosh kadrlar 12 million so’mgacha, ilmiy darajaga ega bo’lganlar esa 22,5 million so’mgacha ustama puli oladilar.

Bu haqda Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligining axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova ma’lum qildi.