O’zbekistonda talabalarga hazil qilish o’rgatiladi

O’zbekistonning ayrim o’quv yurtlarida «askiya va hazil san’ati» yo’nalishi ochiladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Prezident qaroriga ko’ra quyidagilar taskil qilinadi:

– Yusufjon qizik Shakarjonov nomidagi askiya va hazil san’ati respublika markazi;

– Askiya ustalari va hazilkashlar o’rtasida har yili o’tkaziladigan «yaxshi kayfiyat» respublika ko’rik-tanlovi;

– Ikki yilda bir marta tabassum xalqaro kulgi festivali.

Shuningdek, taniqli ijodkorlarning askiya va hazil san’ati sohasidagi mahorat maktablari faoliyati yo’lga qo’yiladi. Tegishli maktablarga o’z faoliyatini amalga oshiradigan muassasalar obyektlaridan beg’araz foydalanish huquqi beriladi.

2024/2025 o’quv yilidan boshlab Karim Zaripov nomidagi respublika estrada-sirk kolleji va Farg’ona ixtisoslashtirilgan san’at maktabida «askiya va hazil san’ati»yo’nalishi tashkil etiladi.