O‘zbekistonda nechta xususiy universitet bor?

2021/2022 oʻquv yili boshida respublikadagi oliy taʼlim muassasalarining umumiy soni 154 tani tashkil etdi. Ularda jami 808,4 ming talaba tahsil oladi.

Xususiy oliy o’quv yurtlari soni 17ta bo’lib, ularda jami talabalarning 4,7% tahsil oladi.

O‘tgan yili o‘zbekistonliklar mamlakatda litsenziyasiz faoliyat yuritayotgan nodavlat universitetlar haqida ogohlantirilgan edi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, xususiy oliy ta’lim muassasalari O‘zbekistonga katta ishonch uyg‘otmaydi.