71 yoshli ayol O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Nukus filiali bakalavr darajasini oldi.
Chinnigul Do’stxujayeva ushbu oliy o’quv yurtining 127 nafar bitiruvchilarining eng kattasi bo’ldi. Do’stxujayeva institutni «instrumental ijro» yo’nalishi bo’yicha tamomlagan.
«Mening orzuim oliy ma’lumot olish edi. Nihoyat u amalga oshdi. Men san’at sohasida deyarli 50 yil ishladim. Men endi magistraturaga kirishni orzu qilaman», dedi u.